Bugun 13 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda tramvay liniyasi qurishning texnik-iqtisodiy tomonlari o‘rganiladi

Toshkentda tramvay liniyasi qurishning texnik-iqtisodiy tomonlari o‘rganiladi

2025 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida jamoat transportining ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazilishini jadallashtirish choralari belgilab qo‘yilgan. Jumladan, 2025 yilning sentyabriga qadar xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan Toshkent shahrida tramvay liniyasini qurish loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar (TIA)ni ishlab chiqiladi. Shuningdek, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta elektrobuslarni hamda ular uchun quvvatlash uskunalarini olib kelish hamda Nukus (50 ta), Samarqand (250 ta) va Namangan (50 ta) shaharlari jamoat transporti uchun jami 350 ta elektrobus, ular uchun quvvatlash uskunalarini xarid qilish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish reja qilinmoqda. Bundan tashqari, «Urganch-Xiva» yo‘nalishiga yangi 10 ta trolleybus xarid qilish choralari ko‘riladi.

Kiritildi: Bugun 00:31. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!