Toshkentda tergovdan yashiringan shaxs qidirilmoqda.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi («Firibgarlik, juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish»), 228-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari va 3-qismi («Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish») bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1986 yilda tug‘ilgan Yoqubov Mardon Farrid o‘g‘li qidirilmoqda.
«Siz ushbu shaxsning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-40-39, 71-206-41-15 yoki 102 raqamlariga yoxud 98-300-70-08 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi IIBB xabarida.