Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda tanishini pichoqlab o‘ldirgan erkak uzoq muddatga qamaldi

A A A
Toshkentda tanishini pichoqlab o‘ldirgan erkak uzoq muddatga qamaldi

Avvaldan bir-biri bilan tanish bo‘lgan sudlanuvchi va marhum spirtli ichimlik ichishi oqibatida ular orasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Kelib chiqqan janjal natijasida sudlanuvchi o‘tkir tig‘li jism bilan tanishining bo‘yin sohasiga tan jarohat yetkazib va voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismi "v" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga shu modda bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:30 29.11.2024. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!