Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda suriyalik fuqaroga tegishli avtomobil olib qochildi

Toshkentda suriyalik fuqaroga tegishli avtomobil olib qochildi

O‘g‘rilik 11 sentyabr kuni soat 00:30 larda  Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir etilgan, deb xabar qiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro M. (1972 y.t. erkak) Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Osiyo ko‘chasidagi «Olam farm» MCHJ dorixonasi yonida turgan Suriya fuqarosi M.ga (1992 y.t. erkak) tegishli bo‘lgan Honda Accord rusumli avtomashinani olib qochgan.

Shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 09:25 14.09.2018. O'qildi: 1414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!