Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda Spark yuqori tezlikda Epica'ga urilib, ikki mashinada ham yong‘in chiqardi

A A A
Toshkentda Spark yuqori tezlikda Epica'ga urilib, ikki mashinada ham yong‘in chiqardi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkentda ikki mashina yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan FVB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 24 noyabr kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv tehnikalari aytilgan manzilga soat 00:03 da yetib borib, yong‘in soat 00:07 da o‘chirildi.

"Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:42 25.11.2024. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!