Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Muqaddam bir necha bor sudlangan bu ikki shaxs oldidan kuchli ta’sir qiluvchi doriga o‘xshash moddalar topilgan.

“Men bilmagan edim bu ichki ishlar organlari xodimi formasi ekanligini”, degan ulardan biri.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent shahar boshqarmasiga Sergeli tumanida 2 nafar shaxs Ichki ishlar organlari formasini kiygan holda o‘zlarini shubhali tutayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Olingan ma’lumot asosida mazkur 2 nafar shaxs ushlangan va surishtiruv olib borilganida ular Ichki ishlar organlari xodimi emasligi aniqlangan.

Hozirda mazkur ikki fuqaro yonidan topilgan dorilar ekspertizaga topshirilgan va shaxslarning xatti-harakati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi belgilangan.

Kiritildi: 17:22 22.11.2024. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!