Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda sovuq suv tariflarini keskin oshirish taklif qilinmoqda

A A A
Toshkentda sovuq suv tariflarini keskin oshirish taklif qilinmoqda

Toshkent hokimining “Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti va oqava suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatning loyihasida kreditorlik qarzini kamaytirish, loyihalarni amalga oshirish, tashqi qarzlarni o‘z vaqtida qaytarish, tarmoqlar va inshootlardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etish maqsadida “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJning amalda bo‘lgan tarifini oshirish maqsadga muvofiqligi bayon qilingan.

Ta’kidlanishicha, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ 2019 yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd so‘m hamda 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizasiya xizmatlari uchun narxlar (tariflar) qayta ishlab chiqilib, ko‘rib chiqib xulosa olish uchun monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlariga taqdim qilingan.

Jamiyatning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, jamiyat tomonidan taqdim qilinayotgan  ichimlik suvi va kanalizasiya xizmati uchun ishlab chiqilgan tariflarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun ishchi guruh tuziladi.

Loyihada taklif qilinayotgan yangi tariflar:

1 metr kub ichimlik suvi uchun:

  • aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun (QQSsiz) 310 so‘mdan 500 so‘mga (161,2%);
  • tijorat tashkilotlari uchun 730 so‘mdan 1 500 so‘mga (205,4%).

Kanalizasiya xizmatlari uchun tariflar:

  • aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun (QQSsiz) 250 so‘mdan 350 so‘mga (140%);
  • tijorat tashkilotlari uchun 460 so‘mdan 820 so‘mga (178,2%).
Kiritildi: 14:41 16.12.2020. O'qildi: 2786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!