Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda sintetik giyohvandlik vositalarini ishlab chiqargan laboratoriya aniqlandi

Toshkentda sintetik giyohvandlik vositalarini ishlab chiqargan laboratoriya aniqlandi

IIV va DXX xodimlari bilan hamkorlikda Toshkentning Mirobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxs bir nechta manzilda joylashgan giyohvandlik moddalar laboratoriyasidan foydalanib, sintetik giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.

Shuningdek, fuqaroning Toshkent viloyatida joylashgan xonadoni ko‘zdan kechirilganida sintetik giyohvandlik vositalari, turli xil konteynerlar, qo‘lqoplar, tarozi, gazga qarshi niqoblar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Shu kuni birinchi laboratoriyadan 4,8 kilogramm, ikkinchi xonadondan qariyb 10 kilogramm, jami 14 kilogramm 795 gramm umumiy narxi taxminan 1 million dollarga teng sintetik giyohvandlik vositasi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Ashyoviy dalillar Toshkent shahar IIBB EKM tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan.

Markaz xulosasiga ko‘ra, olingan moddalarning barchasi sintetik giyohvandlik moddalar ekani o‘z tasdig‘ini topgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:18. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!