Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda sinov tariqasida "Raqamli mobil pasport" xizmati ishga tushiriladi

Toshkentda sinov tariqasida "Raqamli mobil pasport" xizmati ishga tushiriladi

Toshkentda 2023 yildan fuqaroning raqamli pasporti sinov loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 571-sonli qarorda nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, fuqaroning raqamli pasporti sinov loyihasi dastlab 2023 yil 1 yanvardan 2023 yil 31 dekabrga qadar Toshkentda amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, loyihaning keyingi bosqichini amalga oshirish respublikaning barcha hududlarida davom ettiriladi.

Loyiha doirasida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikasiyalashning yagona axborot tizimi negizida ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “OneID mobile” dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi.

Mobil ilova orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etishga ruxsat etiladi:

O‘zbekiston fuqarosi pasporti;

Haydovchilik guvohnomasi;

Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma;

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va talaba to‘g‘risidagi ma’lumotlari;

Pensiya yoki nafaqa guvohnomasi;

Jismoniy shaxs tomonidan umumiy ta’lim muassasasini (11-sinf negizida) tamomlaganligi to‘g‘risida attestat;

Koronavirusga qarshi emlanganlik holati to‘g‘risidagi sertifikat;

Kadastr pasporti;

Tug‘ilganlik va nikoh qayd etilganlik haqidagi dalolatnoma.

Mobil ilovadan O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan muomalaga layoqatli shaxslar foydalanish huquqiga ega.

Foydalanuvchining mobil ilovadan foydalanishga ruxsat olish jarayoni Face-ID yoki Mobil-ID usuli orqali masofadan identifikasiya qilish orqali amalga oshiriladi.

Mobil ilovadan foydalanish vaqtida foydalanuvchining o‘ziga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri yoki haqiqiyligi yuzasidan e’tirozi bo‘lsa, mobil ilova yordamida murojaat qilishi mumkin.

Kiritildi: 16:02 07.10.2022. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!