Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda qozoq yozuvchisi Abay yodga olindi

A A A
Toshkentda qozoq yozuvchisi Abay yodga olindi

Dushanba kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida uning ijodi va umuman qardosh xalqlar merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.

“Ushbu ko‘rgazma buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning insonparvarlik an’analarini asrab-avaylagan Abay ijodini yanada chuqurroq anglash imkonini berishiga ishonchimiz komil. Uning xalqlar tinch-totuv yashashi, Sharq va G‘arb birligi haqidagi g‘oyalari hozirgi bosqichda ham o‘zining keskinligini yo‘qotgani yo‘q, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ochilish marosimida.

“Alisher Navoiy va Abay ijodi nafaqat turkiy, balki umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishi namunasini o‘zida mujassam etgan buyuk merosdir. Ular ikki qardosh xalqning ma’naviy ustunlaridir”, — deya qo‘shimcha qildi Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev.

“Abay. Qardosh xalqlar merosi” ko‘rgazmasi 30 dekabrga qadar davom etadi.

Kiritildi: 11:59 19.12.2022. O'qildi: 1280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!