Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda poygada halok bo‘lgan yigit taniqli avtotyuning asoschisi ekani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda poygada halok bo‘lgan yigit taniqli avtotyuning asoschisi ekani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi poygada qatnashgan avtomobil urib yuborgan piyoda AutoTuning_uz asoschisi 27 yoshli Doniyor ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda uning tanishlari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga videolar joylashtirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatdan so‘ng, Doniyor Chilonzor tumanidagi 16-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Ammo, u ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

"Hozirgina bollar menga qo‘ng‘iroq qilib yomon xabar aytishdi. AutoTuning_uz asoschisi, Doniyor do‘stimizning joni Chilonzordagi 16-kasalxonada (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi) uzilibdi. Eshitib juda g‘alati bo‘lib ketdim. Avtohalokatga uchragan ekanlar, boya Telegram gruppalarda ko‘rdim. Juda ayanchli narsa bo‘libdi. Oila a’zolariga, yaqinlariga, do‘stiga va barcha uni taniganlarga sabr tilaymiz. Do‘stimizning joylari jannatdan bo‘lsin", — deya videoxabar chiqargan marhumning do‘sti.

Kiritildi: 10:13 10.05.2024. O'qildi: 3036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!