Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joriy yilning iyun oyida yuz bergan holat bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan ma’lumot berildi.
2023 yil 20 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida X. A.ga (1968 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, nafaqada, muqaddam Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bilan sudlangan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining raisi SH. Bakayev raisligida Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq X. A. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarida o‘tattirilishi belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.