Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgn tezkor tadbirlar davomida bir guruh shaxslar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uylarning birini ijagara olib, u yerda call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ular fuqarolarga sohta qo‘ng‘iroqlar bilan firibgarlik yo‘li orqali ularni aldab, mol-mulklarini talon-toroj qilish bilan shug‘ullanib kelishgan. Ushbu jinoiy turuhda ikki nafar tashkilotchilar hamda 20 nafarga yaqin operatorlar faoliyat yuritgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan 15 mingdan ortiq fuqarolarning abonent raqamlari, shaxsga doir ma’lumotlari, giyohvandlik moddalari, 35 dona uyali aloqa vositalari va 10 dan ortiq plastik kartalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 278-4-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.