Telegramʼda noma’lum ayol va farzandining suratlari tarqalib, ular o‘z uyida is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar berilgan. Holat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, 7 aprel kuni soat 21:15 da Mirobod tumanida joylashgan uyning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li o‘lik holda topilgan.
“Marhumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.