Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda mijoz talashgan maklerlardan biri ikkinchisini jarohatladi

A A A
Toshkentda mijoz talashgan maklerlardan biri ikkinchisini jarohatladi

Toshkent shahar. 2023 yil 3 yanvar kuni soat 20:30 larda 23 yoshli S.U. «maklerlik» faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, tanishi 21 yoshli F.K. bilan Chilonzor tumani 16-dahasida joylashgan YU.J.ning ijaraga berayotgan uyiga ikkalasi ham bir mizojni olib borishi, o‘rtalarida o‘zaro janjal kelib chiqishiga olib kelgan va oqibatda ushbu uyning oldida S.U. jahl ustida qo‘lida bo‘lgan noma’lum jism bilan F.K.ning qorin sohasiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Natijada F.K. olgan tan jarohatlari bilan RSHTIYOMga “qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi” kabi tan jarohati bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Kiritildi: 17:40 05.01.2023. O'qildi: 2229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!