Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda mast ona gul do‘konida qizini ayovsiz urdi

A A A
Toshkentda mast ona gul do‘konida qizini ayovsiz urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda gul do‘koniga kirib gul so‘ragan vaqtida onasi V.A mast holatda qizi V.I.ni haqoratlab, urgani bo‘yicha videoxabarlari tarqaldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Bolalar ombudsmani.

Bolalar ombudsmani do‘konda onasi tomonidan kaltaklangan qiz holati bo‘yicha munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holat Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan do‘konda yuz bergan. Shu yerda bo‘lgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatishgan.

Mazkur holat darhol Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Hozirda Ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, onasining bunday zo‘ravonligidan jabr ko‘rgan qizcha Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Onani esa ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 23:21 22.11.2023. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!