Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda mashina salonini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangan shaxslar ushlandi

Toshkentda mashina salonini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangan shaxslar ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 haydovchisi transport vositasini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida aniqlanishicha, mazkur holat 30 iyun kuni ro‘y bergan. Haydovchi transport vositasini boshqarganda odob-axloq qoidalarini buzgani, transport vositasi salonini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangani aniqlangan.

“Sherigim bilan mashina ichiga suv to‘ldirib harakatlanganimizning videosini Instagram sahifamizga qo‘ygandim. Videoni kimdir tarqatib yuboribdi, qonunbuzarlik holati borligini bilmagandik. Inspektor xodimlari chaqirtirib, tushuntirish ishlarini olib bordi. Bu holatni tavsiya qilmayman va uzr so‘rayman”, deydi haydovchi.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi to‘yda tanasini mashinadan chiqarib tasvirga olgan operatorlar va haydovchi jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangani, Samarqandda harakatlanayotgan Gentra’dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kiritildi: 09:45 06.07.2024. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!