Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Iker Kasilyas barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi nomini aytdi

Iker Kasilyas barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi nomini aytdi

«Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Krishtianu Ronalduni barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi va «Real Madrid» tarixidagi eng yaxshi futbolchisi deb tanladi.

U portugaliyalik futbolchini Fransiyaning sobiq futbolchisi Zinedin Zidandan yaxshiroq ekanini aytdi.

90Min bilan suhbatda Kasilyas Zidanni tanlashdan oldin Serxio Ramosni Roberto Karlos, Xabi Alonso, Kaka, Modrich, Raul va Luish Figudan ustun qo‘ydi.

Biroq, fransuz afsonasi va Ronaldu o‘rtasida tanlov qilish so‘ralganda, afsonaviy darvozabon sobiq «Manchester Yunayted» yulduzini tanladi.

“Bu ishlar bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi, Krishtianu o‘zidan ko‘p narsani talab qiladi. Lionel Messi bilan birga u dunyoning eng zo‘ri. Unda bu mas’uliyat bor", dedi u.

Kiritildi: Bugun 17:36. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!