Yangi oy kirdi, pensiyam plastik kartamga qachon tushadi yoki naqd shaklda qachon olaman kabi fuqarolarda savollar tug‘ilishi tabiiy. Pensiya jamg‘armasi ushbu savollarga javob berdi.
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari har to‘lov oyining 2-kuniga qadar to‘lov topshiriqnoma (vedomost)lar shakllantiradi va vedomostlar oyning 4-kuniga qadar pensiyani fuqarolarga yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-sonli Qaror bilan, pensiya to‘lovlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi har oyning 5-sanasiga qadar pensiya oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga (plastik kartalarga) moliyalashtirilishi belgilangan.
Xalq banki tomonidan naqd shaklda pensiya oluvchilarning mablag‘lari tasdiqlangan grafiklar asosida sayyor kassalar tomonidan har oyning 4-27 sanalarida mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)ga borgan holda to‘lab berilishini ma’lum qilamiz, – deyiladi xabarda.
Demak pensiyalar 5 oktyabrga qadar plastik kartalarga tushirib beriladi.