Toshkentda maktab o‘quvchilarining telefonlari ommaviy tekshirilmoqda.
Poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qilishicha, o‘quv yili davomida har hafta “Davomat” va “Tig‘ʼ” tadbirlari o‘tkazib boriladi.
Bu tadbirlar doirasida o‘quvchilarni yot g‘oya va salbiy ta’sirlardan himoya qilish maqsadida ularning telefonlari ham tekshiriladi.
Tekshiruv Ota-onalar kengashi va ichki ishlar xodimi, hamda o‘qituvchi ishtirokida amalga oshiriladi.