Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda kvartiralar narxi 2 foizga qimmatlashdi

A A A
Toshkentda kvartiralar narxi 2 foizga qimmatlashdi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari aprel oyida bir oy avvalgiga nisbatan 2 foizga oshib, kvadrat metri uchun 592 dan 605 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Aprel yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartiralar narxi 2 foizga oshib, 655 sh. b. ga (martda — 643 sh. b.) yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi ham 3 foizga qimmatlab, 585 sh. b. ga ko‘tarildi (570).

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 592 sh. b. (+2 foiz), ikki xonali — 596 (+3 foiz), uch xonali — 626 (+2 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 605 (+3 foiz).

Kiritildi: 07:42 22.05.2018. O'qildi: 1463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!