Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tomi yondi

A A A
Toshkentda ko‘p qavatli uyning tomi yondi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Aviasozlar dahasida 4 qavatli uyning tom bo‘g‘ot qismining 70 kv.m. maydoni yondi. Bu haqda Toshkent shaxar Yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Kecha, 27 oktyabr kuni Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari hodisa joyiga soat 13:51 da yetib borgan va yong‘in soat 14:06 da qurshab olinib, 14:20 da bartaraf etilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga tomda olovli-ta’mirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi asosiy sabab bo‘lgan. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Kiritildi: 10:01 28.10.2019. O'qildi: 2172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik