Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi

Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–5238-son, 28.08.2021 y.) bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi

🏢 Qarorga ko‘ra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federasiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

🗓 Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

☑️ Ta’lim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.

🔰 Quyidagilar Filialning asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:

👉 Dramaturgiya;
👉 Prodyuserlik (turlari bo‘yicha).

Ta’lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

🧾 Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federasiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.

💼 Filialda davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.

Kiritildi: 17:40 30.08.2021. O'qildi: 2086 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!