Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda karantinni buzgan ayol profilaktika inspektorining kiyimini yirtib tashladi

Toshkentda karantinni buzgan ayol profilaktika inspektorining kiyimini yirtib tashladi

Toshkentda profilaktika inspektorining pogonini yulib, xizmat kiyimini yirtib tashlagan 27 yoshli ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli P.P. 2 aprel kuni soat 12:30 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida tibbiy niqob taqmasdan hech bir asosli sabab va zaruratsiz ko‘chada yurgan. Tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi inspektori unga og‘zaki tanbeh berib, tibbiy niqob taqib olishini talab qilgan.

Ayol uning talablarini bajarmasdan inspektorni haqorat qilgan va xizmat kiyimidagi pogonini yulib olib, xizmatda foydalanadigan aloqa vositasining antennasini sindirgan.

Mazkur holat yuzasidan 5 aprel kuni P.P.ga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:21 07.04.2020. O'qildi: 3794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!