Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda jazo muddatini o‘tayotgan xavfli jinoyatchi-mahkum qochib ketdi

A A A
Toshkentda jazo muddatini o‘tayotgan xavfli jinoyatchi-mahkum qochib ketdi

Toshkentdagi 51- manzil koloniyada jazo muddatini o‘taëtgan 43 yoshli mahkum O. A.ning qochib ketgani aytilmoqda.

Mahkumning qochib ketgani ortidan huquq tartibot idoralari tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

«Ozod Yevropa» radiosining xabariga ko‘ra, mahkum O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97- moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») tartibida ayblanib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Odatda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning fuqarolik pasportlari olib qo‘yiladi. Lekin, O.A.ning pasport olgani hamda qochishga muvaffaq bo‘lgani xabar qilindi.

Agarda u qo‘lga tushgudek bo‘lsa, Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi tartibida jazoga tortiladi.

 

Kiritildi: 07:15 14.08.2019. O'qildi: 6181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!