Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda IUCN vakolatxonasini ochish jarayoni boshlandi

A A A
Toshkentda IUCN vakolatxonasini ochish jarayoni boshlandi


Dubayda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi (COP28) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Bosh direktori Dr. Gretel Aguilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv «O‘zbekiston» pavilyonida bo‘lib o‘tdi. Vazir doktor G. Agilarni bosh direktor lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va IUCN bilan yaqin va amaliy hamkorlikni davom ettirishga, shuningdek, O‘zbekistonda qo‘shma ekologik loyihalarni amalga oshirishga umid bildirdi.

Ma’lumot uchun, Doktor G. Agilar bu lavozimni 2023 yil 20-oktabrda egallagan. Unga qadar, 2020-2023 yillarda Doktor Bruno Oberle direktorlik qilgan.

Uchrashuvda bugungi kunda umumiy qiymati 22 million dollardan ortiq bo‘lgan qo‘shma grant loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikda ish boshlangani, shundan 2 tasi milliy va 1 tasi hududiy loyiha ekanligi ta’kidlandi. Loyihalar atrof-muhitni muhofaza qilish, yerlarni tiklash, O‘zbekistonning qimmatli landshaftlari ekotizimlarini yaxshilash va iqlim o‘zgarishi sharoitida barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, insoniy va institusional salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, uchrashuvda tabiatni muhofaza qilish va boshqarish rejalarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish, IUCN metodologiyasiga muvofiq yangilangan O‘zbekistonning yangi Qizil kitobini nashr etish, tashkilot mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Bonndagi Atrof-muhit huquqi markazi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Qolaversa, Markaziy Osiyoda birinchi IUCN vakolatxonasini ochish masalasi ham muhokama qilindi.

«Bu o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi. Kelajakda bu idora MDH mamlakatlari uchun Markaziy Osiyoda markaz bo‘lib xizmat qilishi mumkin, chunki vakolatxona Markaziy Osiyo davlatlari, hamkorlar va ekspertlar hamjamiyatlari bilan yaqinroq aloqa o‘rnatish imkonini beradi», — deya qo‘shimcha qildi vazir.

IUCNning Toshkentdagi vakolatxonasining ochilish marosimi kelgusi yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadigan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. COP14 davomida IUCN pavilyoni, qo‘shma tadbirlar va ko‘rgazmalar ham tashkil etiladi.

IUCN kelgusi yilda muhim ekologik konferensiyalar, jumladan, Abu Dabida 2024 yil 9-15 oktyabr kunlari Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kongressi (WWC), Bryugge (Belgiya)da esa 2024 yil 30 sentyabrdan 10-oktabrgacha Yevropa, Shimoliy va Markaziy Osiyo uchun tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha mintaqaviy forum bo‘lib o‘tishi ta’kidladi.

Kiritildi: 17:08 09.12.2023. O'qildi: 1621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!