Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda ilk bor transport sohasida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

Toshkentda ilk bor transport sohasida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

20 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tuvchi «Markaziy osiyo Xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar» mavzusidagi Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Daryo»ga «O‘zavtotrans» agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Anjumanda jahonning yirik bozorlariga olib chiqadigan ko‘p qirrali transport-kommunikasiya tarmoqlarini shakllantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirish masalasi muhokama qilinadi.

O‘zbekistonda transport logistikasini rivojlantirish, undagi xizmat turlarini zamonaviylashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Avtomobil transporti O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi kompleksining asosiy ajralmas qismi bo‘lib, muhim iqtisodiy, ijtimoiy va strategik funksiyalarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi hozirda multimodal transport koridorlarini yaratish, konteynerlarda yuk tashishga ixtisoslashgan yirik transport kompaniyalarini tuzish sohaga avtomatik boshqaruv tizimini joriy etish, zamon talablariga mos avtostansiya va avtovokzallarni barpo etish, zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni va biznes boshqaruv usullarining eng ilg‘or shakllarini sohaga tadbiq etish borasida ischil ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transportida tashuvlarni tartibga soluvchi 9 ta xalqaro konvensiya va 2 ta xalqaro bitimning a’zosi hisoblanadi. Yevropa, Osiyo va MDHning 29 ta davlati bilan avtomobilda xalqaro tashuvlar sohasini tartibga soluvchi ikkitomonlama hukumatlararo bitimlar imzolangan. Bular — Turkiya, Ukraina, Eron, Belarus, Gruziya, Moldova, Turkmaniston, Latviya, Ruminiya, Qirg‘iziston, Slovakiya, Litva, Finlyandiya, Bolgariya, Gresiya, Chexiya, Rossiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Vengriya, Gollandiya, Polsha, Sloveniya, Qozog‘iston, Xitoy, Ispaniya va Tojikistondir.

Bundan tashqari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo-davlatlar hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi hamda Eron Islom Respublikasi, Ummon sultonligi, Qatar , Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama bitimlar ham imzolangan.

Shuningdek, milliy avtotashuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan tashuvlar geografiyasini kengaytirish maqsadida, ayni paytda Ozarbayjon, Fransiya, Estoniya va Belgiya davlatlari bilan avtomobilda xalqaro tashuvlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar tuzish, shuningdek Eron va Belarus davlatlari bilan amaldagi bitimlarni yangilash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizasiya qilish maqsadida bir qator imtiyozlar berildi.

Hozirgi kunda o‘z faoliyatlarini talab darajasida shakllantira olgan 529 ga yaqin milliy transport kompaniyalari avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirib, respublikamizning eksport mahsulotlarini jahon bozoriga yetkazib berishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Mazkur transport kompaniyalarning tarkibida 6000 taga yaqin katta hajmli avtotransport vositalari mavjud.

Avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizasiya qilish maqsadida bir qator imtiyozlar berildi.

Qolaversa aholiga qulayliklar yaratish ularning og‘irini yengil qilish maqsadida xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish maqsadida qo‘shni davlatlar bilan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Agentlik va «Milliy bank» tomonidan yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlarda tashishga ixtisoslashgan UZAUTOTRANS SERVICE MCHJ tashkil etildi. Ushbu korxona joriy yilning oxiriga qadar kamida 100 dona ko‘p o‘rinli avtobuslar xarid qilib yangi yo‘nalishlarda tashuvlarni amalga oshirishni boshlaydi. Mazkur ishlar natijasi o‘laroq bugun poytaxtimiz Toshkent shahridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya Federasiyasining bir qator shaharlariga xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent—Chimkent, Toshkent—Olmota, Toshkent—Qizilo‘rda, Nukus—Uch Qunir, Toshkent—Bishkek, Toshkent—Xo‘jand, Termiz—Dushanbe, Denov—Dushanbe, Samarqand—Panjikent va Toshkent—Nijniy Novgorod yo‘nalishlari bo‘ylab xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, «Toshkent—Turkiston», «Nukus—Aktau», «Toshkent—Taroz», «Andijon—O‘sh», «Toshkent—Issiqko‘l», «Toshkent—Omsk», «Toshkent—Ufa—Kazan» va boshqa yo‘nalishlarni ochish bo‘yicha tegishli qatnov hujjatlari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda kelishilmoqda.

Transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida 2018 yildagi dasturga muvofiq 12 ta avtostansiyada qurilish ishlari va 7 ta avtostansiyada rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Bugungi kungacha ushbu dasturda ko‘zda tutilgan Yangiyer shahridagi avtostansiyada qurilish ishlari va Navoiy viloyati Karmana shahridagi avtostansiyada rekonstruksiyaishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

Agentlik tomonidan «Toshkent» avtovokzalini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi va 2019 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, «Zomin» avtostansiyasini qurilishi davom ettirilmoqda.

Xalqaro konferensiya doirasidagi sho‘’ba yig‘ilishida:

— avtotransporti xizmatlari umumiy bozorining asosiy yo‘nalishlari va shakillantirish prinsiplari;

— asosiy xalqaro transport yo‘laklari bo‘ylab avtomobilda xalqaro tashishlarni rivojlantirishda innovasion va elektron vositalarning roli;

— Markaziy Osiyo mamalakatlari avtotransport kompaniyalarining yangi formatlari va hamkorlik uslublari;

— avtomobilda xalqaro tashishlarda qo‘llanilayotgan standartlarni unifikasiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

— yuk va yo‘lovchilarni tashishda xalqaro avtomobil yo‘llari - asosiy magistrallar kabi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 14:37 16.09.2018. O'qildi: 1446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!