Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi

Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 17 may kuni Muzrabot tumani “Darband” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-110 avtomobil yo‘lining 79-kilometrida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi M.B. o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt’da tezlikni oshirib, o‘rnatilgan svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlangan.

Natijada yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib o‘tmoqchi bo‘lgan 3 nafar voyaga yetmagan boladan ikki nafarini urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2012 yilda tug‘ilgan R.M. olgan tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etadi. Qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bolaning salomatligi yaxshi, hozirda yashash xonadonida.

Ushbu holat yuzasidan Muzrabot tumani IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:36 18.05.2024. O'qildi: 3359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!