Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 26 noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21 ko‘chasi Qozog‘iston gilamlari do‘koni qarshisidagi qayrilib olish joyida haydovchi 1982 yilda tug‘ilgan Q.A. boshqaruvidagi yuk transport vositasi va 1987 yilda tug‘ilgan, I.Q. boshqaruvidagi Isuzu rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida, Isuzu yuk transport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.