Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda ikki erkak ayol kishini majburlab mashinaga solib, olib ketdi. Nega?

Toshkentda ikki erkak ayol kishini majburlab mashinaga solib, olib ketdi. Nega?

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar noma’lum erkak ayolni kuch ishlatib avtomashinaga o‘tkazib olib ketganligi holati yuzasidan tarqalgan videotasvir turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan xabarga ko‘ra hodisa joriy yilning 24 noyabr kuni, Uchtepa tumani 22-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan D.SH. otasi 1963 yilda tug‘ilgan X.M. bilan birga davlat raqami 70 R 300 SA bo‘lgan Tracker rusumli avtomashinasiga turmush o‘rtog‘i 2000 yilda tug‘ilgan M.A.ni o‘tkazib noma’lum tomonga olib ketgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida M.A. qonuniy turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli 1 nafar farzandini turmush o‘rtog‘ida qoldirib uydan chiqib Toshkent shahriga ketib qolganligi, uni turmush o‘rtog‘i D.SH. qidirib, yuqoridagi manzildan topganligi hamda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi o‘zining uyiga olib borganligi aniqlandi. Hozirda M.A. oila davrasida sog‘-salomat ekanligini ma’lum qilamiz.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. M.A. va uning oilasi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari hamda psixologlar ishlamoqda.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 18:07 24.11.2022. O'qildi: 6244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!