Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida tashkil etilayotgan Hamshiralar akademiyasi davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Loyihaga ko‘ra 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab, tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda hamshiralar ta’lim tizimini tubdan transformasiya qilish maqsadida quyidagilar kiritiladi:
👉 o‘qish muddati ikki yillik birlamchi tibbiyot muassasalari uchun “Umumiy amaliyot hamshira”, “Patronaj hamshira”, “Tibbiy ijtimoiy ish”, “Tibbiy profilaktika ishi” xodimlari o‘qitiladi;
👉 o‘qish muddati uch yillik “Ixtisoslashgan hamshira”lar tayyorlanadi. Ixtisosliklari bo‘yicha “Feldsherlik ishi”, “Hamshiralik ishi”, “Funsional va laborator diagnostika ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Farmasiya” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
👉 o‘qish muddati 4 yillik tibbiyot OTMlarida “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassislari tayyorlanadi, Bunda JSST tavsiyalariga ko‘ra, to‘rt yil o‘qigan hamshiralarga “Hamshiralik ishi bakalavri” (Bachelor of Nursing, BN ) yoki “Hamshiralik ilmiy bakalavri” (Bachelor of Science Nursing, BSN) unvoni beriladi.
👉 oliy hamshiralik ishi magistratura (yo‘nalishlari bo‘yicha)da ta’limini davom ettirish, keyinchalik mustaqil ilmiy izlanuvchi (Phd, DSc) sifatida faoliyat olib borish imkoniyati va ilmiy unvon va lavozimga ega bo‘lish huquqi beriladi.