Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda giyohvandlik vositalarini tarqatuvchi “zakladchik“ qo‘lga tushdi

A A A
Toshkentda giyohvandlik vositalarini tarqatuvchi “zakladchik“ qo‘lga tushdi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt“ oyligi doirasidagi o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalarini tarqatuvchi “zakladchik“ ushlandi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB va Yakkasaroy tumani IIO FMB tezkor-qidiruv xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 1973 yilda tug‘ilgan, N.Doniyor o‘zini shubhali tutganligi sababli to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilgan.

Shaxsiy tintuv jarayonida uning yonidan 5 gr o‘tkir hidli jigarrang saqichsimon modda topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida u yashab kelayotgan uyning yo‘lak qismiga 79 dona qora sellofan paketga o‘ralgan jigarrang o‘tkir hidli moddalar va jigarrang quritilgan o‘tsimon modda aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlangan ashyoviy dalillar yuzasidan “Sudga oid kimyoviy ekspertiza“ tayinlanib, hujjatlar tergov bo‘limiga taqdim etildi, gumon qilinuvchi prosessual tartibda ushlandi.
Kiritildi: 03:42 17.01.2025. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!