Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda falokat: 61 yoshli ayol kasalxonaga yetkazildi

Toshkentda falokat: 61 yoshli ayol kasalxonaga yetkazildi

11 iyul kuni soat 19:15 da Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida 36 yoshli Rustam U. “Cobalt” rusuml avtomobil boshqarish davomida svetoforning taqiqlovchi signali ostida to‘xtab turgan avtomobillarni chetlab o‘tmoqchi bo‘lib, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan va 27 yoshli Sevara S. boshqaruvidagi “Tracker” rusumli avtomobilga to‘qnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

YTH natijasida “Tracker” yo‘lovchisi 61 yoshli Lola S. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi.

23 iyul kuni sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra yo‘lovchiga o‘rta og‘irlikdagi badan shikastlari yetganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 18:18 24.07.2020. O'qildi: 4136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!