Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda erkak yangi uyda bir necha xonadon eshigini ochishga urindi

Toshkentda erkak yangi uyda bir necha xonadon eshigini ochishga urindi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak birovning uyi eshigini ochishga urinayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa jopiy yilning 30 oktyabrdan 31 oktyabrga o‘tar kechasi poytaxtning Yashnobod tumani "Tuzel" mavzesida sodir bo‘lgan.

Tezkor tadbir davomida fuqaroning shaxsi aniqlandi. U Farg‘ona viloyatida yashovchi 44 yoshli erkak bo‘lib chiqdi.

Aniqlanishicha, erkak akasining xonadon raqamini bilmagani uchun birovlarning xonadonlarini ochishga uringan.

"Men kvartiraning 5-qavatda joylashganini bilardim, lekin qaysi podezd va uyning raqamini bilmasdim. Kechasi bo‘lgani va akasi qo‘ng‘iroqlarga javob bermagani uchun bu muammoni mustaqil hal qilishga qaror qildim. Men birovning kvartirasini ochishga harakat qilmadim, shunchaki kalitim mos kelishini tekshirdim. Kerakli kvartirani topib, unga gilamlarni solib qo‘ydim, keyin ukamni kutib olish uchun aeroportga bordim," - deya tushuntirdi fuqaro.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!