Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Abduqodir Husanov uchun asosiy da’vogar aniq bo‘ldi

Abduqodir Husanov uchun asosiy da’vogar aniq bo‘ldi

“Tottenhem” Mikki van de Ven jarohatidan so‘ng yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash rejalarini tezlashtirmoqchi, deya xabar beradi Football Insider sayti.

23 yoshli Van de Ven “Man Siti”ga qarshi Karabao Kubogi doirasidagi uchrashuv vaqtida tizzasidan olgan jarohati tufayli 4-6 haftaga safdan chiqdi.

“Shporlar”ning sobiq skauti Mik Braun 30 oktyabr kuni Football Insider nashriga bergan intervyusida klub avvaldan himoyani mustahkamlashni o‘ylayotgani va ushbu jarohatdan so‘ng bu ehtiyoj endi dolzarb bo‘lib qolganini aytdi.

Himoyani mustahkamlash uchun klub 20 yoshli “Lans” yulduzi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda.

“Markaziy himoyachi yuqori darajada tajribaga ega emas, u faoliyati davomida bor-yo‘g‘i 62 marta katta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, shulardan 37 tasi ikkinchi Belarus ligasiga to‘g‘ri keladi.

2023 yilda “Lans”ga o‘tganidan beri u Fransiyada juda hurmatga sazovor bo‘lgan istiqbolli futbolchiga aylandi, ammo katta o‘zgarishga kirishishdan oldin unga ko‘proq tajriba kerak degan his bor.

20 yoshli futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safida ham 16 ta o‘yin o‘tkazdi va xalqaro miqyosda muntazam to‘p surmoqda. Klublar unga kelajak uchun yaxshi variant sifatida qaramoqda”, deyiladi xabarda.

“Tottenhem”dan tashqari APLning “Nyukasl”, “Chelsi” va “Vest Hem” klublari ham “Lans” himoyachisiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Husanov va “Lans” jamoasi ertaga, 2 noyabr kuni Parijda “PSJ”ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:01 02.11.2024. O'qildi: 24891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!