Bosqinchi isroil sobiq generali G‘azodagi tunnellar hamon HAMAS nazorati ostida ekanligini aytdi.
G‘azodagi tunnellar vayron qilingani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini isroil armiyasining zaxiradagi general-mayori Itjak Brik aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tuzilmalarning aksariyati rahbariyatning da’volariga qaramay, HAMAS nazorati ostida qolmoqda.
Brik, isroil g‘alabadan uzoq ekanini ta’kidladi. HAMAS askarlari yer ostida o‘z joylarini egallashda davom etmoqda va ikki yilga yetarli ta’minot zaxirasini to‘plagan.
Shuningdek, u bosqinchilarning G‘azo ustidan nazoratni uzoq vaqt ushlab turishi qiyinligini, chunki ularning kuchlari sezilarli darajada qisqarganini ta’kidladi.