Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda erkak 8 yoshli qizchaga nisbatan uyatsiz harakatlar qildi

A A A
Toshkentda erkak 8 yoshli qizchaga nisbatan uyatsiz harakatlar qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta shaxs voyaga yetmagan qizni qarshiligiga qaramasdan o‘pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Videoda aks etgan holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 8 avgust kuni taxminan soat 18.30 larda 1960 yilda tug‘ilgan M.I. Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yo‘l chetida o‘tirgan voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan SH.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tushmagan.

Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 09:39 09.08.2023. O'qildi: 5248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!