Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda elektron tijorat platformalar orqali pirotexnika vositalarini sotib kelgan shaxs ushlandi

Toshkentda elektron tijorat platformalar orqali pirotexnika vositalarini sotib kelgan shaxs ushlandi

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda pirotexnika vositalarini elektron tijorat platformalari orqali sotib kelayotgan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvaldan kuzatuvga olingan shaxs 108 dona salyutlarni qabul qilib, o‘zi boshqaruvidagi Spark avtomashinasiga yuklayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan. Tezkor tadbir poytaxtning Yunusobod tumanida davom ettirilib, ushbu shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirilganida bu yerda ham 12 nomdagi 1382 dona salyutlar saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, qonunbuzar shaxs pirotexnika vositalarini asosan elektron tijorat platformalari orqali mijozlarga pullab kelgan. Shunday qilib mazkur holatda qiymati 350 million so‘mlik jami 1490 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Raqamlarga ko‘ra, 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida bojxona organlari tomonidan aniqlangan 85 ta holatda qiymati salkam 2,2 milliard so‘mlik 1 million 951 ming dona pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Kiritildi: 18:30 02.12.2023. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!