21-28 yanvar kunlari Toshkentda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Yurtimizning eng mohir charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida kechadigan bahslar bu yil yangicha formatda tashkil etiladi.
Rejaga ko‘ra, 21-26 yanvar kungi bahslarga Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qiladi. 27-28 yanvar kungi yakuniy bahslar esa "Zo'r TV" telekanalining "Renessans Hall" majmuasiga belgilangan.
Ertaga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida musobaqaning texnik qo‘mita yig‘ilishi, qur’a tashlash marosimi va matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.