Toshkent shahar hokimligi poytaxtning qator chorraha va ko‘chalarini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ishlarning asosiy qismi may oyidan sentyabrigacha – maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’til kunlarida amalga oshiriladi. Ishlar asosan tungi vaqtda bajariladi.
Poytaxtdagi piyodalar va haydovchilar bu ishlarning og‘irligini his qilmasliklari uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ish birinchi marta keng ko‘lamda, yangi qoplama (SHMA) turlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yer osti kommunikasiyalari ham tekshiriladi.
Hokimlik ish jarayonida haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham noqulayliklar tug‘ilishi muqarrarligi sabab oldindan uzr so‘rab, fuqaroladan vaziyatni tushunishlarini so‘radi.