Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda biznes forum bo‘lib o‘tdi

Toshkentda biznes forum bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida mini-biznes forumi o‘tkazildi. Tadbirda kompaniya Dusel electronic uzbekistan vakillari, davlat idoralari mutaassadilari, xalqaro ekspertlar va biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etdi. Forumning asosiy maqsadi kompaniyaning raqobatbardosh ustuvorliklarini taqdim etish, O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, xorijiy investisiyalar uchun imkoniyatlarni keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Dusel Electronics Uzbekistan direktori o‘z nutqida kompaniyaning missiyasi, strategik maqsadlari va mahalliy hamda xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, kompaniya ishlab chiqarishda innovasion texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish va eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu jihatdan, davlat tomonidan oxirgi yillarda qabul qilingan huquqiy asoslar kompaniya faoliyatini yanada jadallashtirishi mumkin.

Forum doirasida Davlat soliq qo‘mitasi vakili “Ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari va eksportni rivojlantirishning yangi tashabbuslari” mavzusida so‘zga chiqdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-martdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni kengaytirish va investision jozibadorlikni oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida ishlab chiqaruvchi korxonalarga soliq stavkalarda sezilarli yengilliklar belgilanib berilgani qayd etildi. Shu bilan birga, eksportyorlar uchun qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham joriy qilingan bo‘lib, 2024-yil yakuni bo‘yicha imtiyozli eksport kreditlari hajmi 1,2 trln so‘mni tashkil etgani alohida ta’kidlandi.

Bojxona qo‘mitasi vakili o‘z chiqishida ishlab chiqaruvchilar uchun taqdim etilayotgan bojxona imtiyozlari va soddalashtirilgan tartiblar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, Prezidentning 2022-yil 10-avgustdagi qaroriga muvofiq, mahalliy ishlab chiqaruvchilar import qilayotgan xomashyo va uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etilmoqda. Natijada, 2024-yilda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan import qilingan texnologik uskunalarning 65 foizi bojxona imtiyozlari asosida kiritilgan.

Forum davomida xalqaro ekspert ham so‘zga chiqib, global elektronika sanoatidagi asosiy tendensiyalar, raqamli transformasiyaning samaradorlikka ta’siri hamda inson kapitalini rivojlantirishning strategik ahamiyati haqida fikr bildirdi. Ekspertning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektronika bozorining hajmi keyingi uch yil ichida 30 foizga kengaygan va 2027-yilga borib 2 milliard AQSh dollaridan oshishi prognoz qilinmoqda.

Yakunda forum ishtirokchilari hamkorlik istiqbollari, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi sheriklikning yangi imkoniyatlari hamda innovasion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini muhokama qildilar.

Ushbu biznes forum “PRO ART” kompaniyasi tomonidan tashkil etilib, forum konsert dasturiga ulandi.

Kiritildi: 16:15 03.10.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!