Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda bankomatni aldagan shaxslar ushlandi

Toshkentda bankomatni aldagan shaxslar ushlandi

Ular qalbaki 1 400 AQSh dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olishgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «Ipak Yo‘li» AITB Chilonzor filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.T. (muqaddam sudlangan), N.O., va A.SH. ushbu bank filialiga tegishli bankomatdan jami 28 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni milliy valyuta so‘mga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:22. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!