Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

A A A
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida vatanparvarlik festivali o‘tkaziladi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 6 fevral kuni soat 13:00 dan 7 fevral soat 22:00 ga qadar ayrim ko‘chalar avtotransport vositalarining harakati uchun yopiladi.

Ular:

- Zarafshon ko‘chasining Navoiy shoh ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

- Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan

Kiritildi: 10:31 06.02.2020. O'qildi: 2780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik