Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda ayol samosud qilindi

Toshkentda ayol samosud qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar ayol o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilindi.

Joriy yilning 15 yanvar kuni taxminan soat 23.55 larda Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan kafelardan birining oldida, 2000 yilda tug‘ilgan M.N. hamda 1992 yilda tug‘ilgan I.G. tortishib qolganligi va tomonlar o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan. Janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!