“Biz AQShning sobiq prezidenti Ronald Reygan “Janob Gorbachyov, bu darvozalarni oching. Bu devorni buzing‘” deya nutq so‘zlagan Brandenburg darvozasidan atigi bir kilometr narida uchrashmoqdamiz. Men esa hozir shunday deyman: janob Putin, bu urushni to‘xtating. Muzokaralar stoliga o‘tiring. Yevropada tinchlik o‘rnating”, dedi Yoxann Vadeful.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Vadeful shuningdek, Evropada tinchlik va barqarorlikka Rossiya bilan birga emas, balki unga qarshi turish orqaligina erishish mumkinligini qo‘shimcha qildi.