Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda avtopoyga uyushtirib, piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi ozodlikka chiqdi

Toshkentda avtopoyga uyushtirib, piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi ozodlikka chiqdi

2024 yil 9 may kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida ikki mashina ishtirokida uyushtirilgan poygada yuqori tezlikda harakatlangan Kia haydovchisi 27 yoshli piyodani urib yubordi. Keyinroq, YTHda olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan shaxs avtobloger, Instagram'dagi avtotuning_uz kanali asoschisi Doniyor ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘shanda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi 24 yoshli A.X. JIB Sirg‘ali tuman sudining 14 avgustdagi hukmi bilan 2 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Sudda haydovchi bir qator yo‘l harakati qoidalarini buzib, yuqori tezlikda harakatlangani va piyodani urib yuborgani tasdiqlangan. Piyoda YTHda olgan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Ochiq manbalarda e’lon qilingan sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchining advokati hukm yuzasidan apellyasiya shikoyatini kiritgan. 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan apellyasiya instansiyasi sudi majlisida jabrlanuvchining qonuniy vakili B.K. aybdorning oila a’zolari tomonidan moddiy va ma’naviy zararlar to‘liq qoplangani, unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi, unga yengilroq jazo tayinlashni so‘rab, sudga ariza taqdim qilgan.

Sud majlisida qatnashgan Toshkent shahar prokuraturasining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari M.Komilovning apellyasiya shikoyatini qanoatlantirmaslikni so‘ragan.

Sudlov hay’ati esa sudlanuvchining shaxsi, muqaddam sudlanmagani, aybiga iqror va qilmishidan pushaymonligi, oilaviy va moddiy ahvoli, jabrlanuvchi qonuniy vakilining unga nisbatan da’vosi yo‘qligi kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, A.X.ga nisbatan tayinlangan jazoni O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasiga asosan shartli hisoblab, sinov muddati belgilashni lozim topgan.

Sud ajrimi bilan A.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 266-moddasining 2-qismi bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirilgan. Xususan, A.X.ningdastlabki qamoqda saqlangan 4 oy 2 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 2 yil 7 oy 28 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilgan. Bu asosiy jazo JKning 72-moddasiga asosan shartli hisoblanib, 2 (ikki) yil sinov muddati belgilangan va sud zalidan ozod qilingan.

Sinov muddatida A.X.ga xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ ruxsatisiz O‘zbekiston hududidan chiqmaslik, yashash, o‘qish yoki ish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda xulqi ustidan nazorat qiluvchi organga xabar berib turishi, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turishi majburiyatlari yuklatilgan.

Kiritildi: 08:51 28.09.2024. O'qildi: 1631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!