Ijtimoiy tarmoqlarda piyodani transport vositasi urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 sentyabr kuni taxminan soat 11:20 larda Olmazor tumani, “Beruniy” metro bekatida turgan avtobusda yo‘lovchi – 1961 yilda tug‘ilgan A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib qolgan.
Yo‘lovchiga havo yetmagani sababli avtobusdan tashqariga olib chiqilgan va tez-tibbiy yordam chaqirtirilgan.
Biroq yo‘lovchi tez-tibbiy yordam mashinasi kelguniga qadar vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda