Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda "Audi" "Nexia-1" bilan to‘qnashdi

Toshkentda "Audi" "Nexia-1" bilan to‘qnashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qimmatbaho ekanligi aytilayotgan "Audi" avtomobili va "Nexia" o‘rtasida dahshatli avtohalokat sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, YTH joriy yilning 7 sentyabr kuni taxminan soat 10:20 larda poytaxtning Uchtepa tumanidagi Kattaqani ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1974 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi "Audi" rusumli (davlat raqami 01 039 PJA) avtomobil va 1953 yilda tug‘ilgan U.S. boshqaruvidagi "Nexia-1" rusumli (davlat raqami 01 S 870 VA) avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

To‘qnashuv natijasida "Nexia-1" rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 23:52 08.09.2022. O'qildi: 4748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!