Agrar soha vakillari, xususan, O‘zbekiston asalarichilaridan xayrli tashabbus. Joriy yilning 1—10- dekabr kunlari poytaxtimizdagi «Anhor-Lokomotiv» parkining markaziy hududida «Asal bayrami» o‘tkaziladi.
🎉 1 dekabr kuni soat 10:00 da «Asal bayrami»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
🐝 «Asal bayrami» doirasida Respublika asalarichilik ko‘rgazmasi va asalarichilik mahsulotlari savdosi tashkil etiladi. Ko‘rgazma davomida asalarichilik bo‘yicha yangi texnologiyalar va uskunalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Yurtimizning barcha hududlaridan 100 dan ortiq asal turlari, jumladan, propolis, ona asalari suti, uyali asal va boshqa turdagi asalarichilik mahsulotlarini tatib ko‘rish va sotib olish imkoniyatini o‘tkazib yubormang.