Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda antiseptik uchun mo‘ljallangan 26,3 mlrd so‘mlik etil spirti noqonuniy sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Toshkentda antiseptik uchun mo‘ljallangan 26,3 mlrd so‘mlik etil spirti noqonuniy sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida antiseptik ishlab chiqarish uchun xarid qilingan etil spirtini sotib yuborgan MCHJ rahbarlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi. Tekshiruv davomida “M.T.” MCHJ mas’ul shaxslari antiseptik va losyon ishlab chiqarish uchun etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalardan xarid qilingan 19,4 milliard so‘mlik 1 153 tonna etil spirtidan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarmasdan, soxta ma’lumotlar tayyorlab, etil spirtini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborgani aniqlangan.

Shu kabi “M.W.” MCHJ mas’ul shaxslari etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalardan antiseptik ishlab chiqarish uchun xarid qilgan 8,9 milliard so‘mlik 402,6 tonna etil spirtini sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:12 19.11.2023. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!